Sirdaryolik tadbirkorlarga raqamli firibgarlikdan himoyalanish usullari o‘rgatildi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Sirdaryo viloyatida tadbirkorlarni raqamli xavflardan himoya qilish va ularning kibersavodxonligini oshirishga qaratilgan “Kiberxavfsiz tadbirkorlik” aksiyasi tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimligi, O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, Soliq boshqarmasi va tadbirkorlar ishtirok etdi. Uchrashuvda zamonaviy kiberjinoyatlarning keng tarqalgan turlari, ulardan himoyalanish usullari hamda raqamli xavfsizlik qoidalari xususida amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbirda internet firibgarligining keng tarqalgan usullari, elektron to‘lovlar xavfsizligi, shaxsiy va korporativ ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Kiberxavfsizlik — tadbirkorning mablag‘lari, ma’lumotlari va kelajagini ishonchli himoya qilish kafolati ekani qayd etildi.