Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 27-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Tillo Domor” Osiyo va Yevropa bozorlariga pishloq mahsulotlarini yetkazib bermoqda

27.10.2026
10

O‘zLiDeP Urganch tuman Kengashi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” loyihasi doirasida Urganch tumanidagi “Tillo Domor” xususiy korxonasida uchrashuv tashkil etildi. “Xalq bilan birga” dasturi doirasida o‘tkazilgan tadbirda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda milliy mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

2000 yilda o‘z faoliyatini boshlagan mazkur korxona sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda 112 nafar ishchi-xizmatchini doimiy ish bilan ta’minlagan . Korxonada sut va sut mahsulotlarining 60 dan ortiq turi ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Yevropadan keltirilgan zamonaviy texnologiya va uskunalardan foydalanilmoqda. Shuningdek, “Tillo Domor” brendi ostidagi pishloq mahsulotlarini Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjon bozorlariga eksport qilmoqda.

Uchrashuv davomida ishlab chiqarish jarayonlari, korxonaning mavjud imkoniyatlari va eksport salohiyati muhokama qilindi. Tadbirkorlik sub’yektlarining muammolarini o‘rganish, mahsulotlar bozorini kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, korxonadagi 15 nafar a’zoni birlashtirgan O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyatiga e’tibor qaratilib, eksport va marketing yo‘nalishlarida amaliy ko‘makni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?