Asosiy kontentga o‘tish
Juma 30-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

50 nafarga yaqin fuqaro ssuda va imtiyozli kreditlardan foydalandi

30.10.2026
97

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xo‘jayli tumanida aholi va yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 300 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar va mahallalar infratuzilmasiga oid masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida fuqarolarning bandligini ta’minlash va mustaqil daromad manbaini yaratishiga alohida e’tibor qaratildi. Mehnat yarmarkasi orqali 10 nafarga yaqin fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, ish izlovchilarga bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha yo‘llanmalar berildi. O‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan 8 nafar fuqaroga payvandlash uskunalari olib berildi.

Shuningdek, 50 nafarga yaqin fuqaroga ssuda va imtiyozli kreditlar asosida motokultivator, tikuv mashinasi, maishiy texnika va turli tadbirkorlik faoliyati uchun zarur uskunalar ajratildi. “Yoshlar daftari” jamg‘armasi tomonidan esa 10 nafar yigit-qizga issiqxona tashkil etish, payvandlash, go‘zallik saloni va sartaroshxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun vaucherlar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?