Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 05-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

380 nafar fuqaro, 107 ta murojaat — Xonqada sayyor qabul

04.07.2026
29

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Xorazm viloyati Xonqa tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Sayyor qabulda qariyb 380 nafar fuqaro ishtirok etib, 107 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, 42 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “Yurakka yo‘l” va “Umid” aksiyalari doirasida 12 nafar ehtiyojmand oilaga maishiy texnika vositalari topshirildi, 2 nafar fuqaroga esa shifoxonaga yotqizish uchun yo‘llanma berildi.

Qabuldan so‘ng deputatlar va partiya faollari 20 dan ortiq xonadonga tashrif buyurib, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalarning holidan xabar oldilar.

Sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, joylardagi muammolarni tezkor o‘rganish va ularga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?