Boyovutda sayyor qabul: 53 ta murojaat, 30 tasi joyida hal etildi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Boyovut tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda aholidan 53 ta murojaat qabul qilinib, ularning 30 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha ham mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Murojaatlar asosan tibbiyot, ta’lim, elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz, chiqindilarni olib chiqish va ijtimoiy yordam masalalariga taalluqli bo‘ldi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, yosh mutaxassislarni hududga jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.
Muhimi — murojaatlar faqat eshitilibgina qolmadi. 53 ta masalaning 30 tasiga joyida yechim topildi. Qolganlari bo‘yicha ham amaliy choralar belgilandi.
“Xalq bilan birga” — muammoni eshitish emas, uni hal qilish uchun xalqning o‘zi huzuriga borish demakdir.