Asosiy kontentga o‘tish
Juma 16-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Buxoro shahri jamoasiga O‘zLiDeP kubogi topshirildi

15.10.2026
84

O‘zLiDeP tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida boshlang‘ich partiya tashkilotlari faollari o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zLiDeP kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Viloyatning barcha tuman va shaharlarini qamrab olgan turnir partiya faollari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda jamoaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi huzuridagi Buxoro viloyati futbol maktabida musobaqaning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tuman va shahar jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qiziqarli bahslar yakuniga ko‘ra, Buxoro shahar jamoasi birinchi o‘rinni egallab, O‘zLiDeP kubogi sohibi bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga partiyaning esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlari topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?