Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Mahalliy kengashlar va partiya guruhlari hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalasi muhokama qilindi

04.11.2026
104

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazining hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Mahalliy Kengashlar va siyosiy partiyalar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari rahbarlari, viloyat, tuman va shahar partiya Kengashlari mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Farhodbek Ataxanov deputatlik guruhlari faoliyati samaradorligi, partiyaning vakillik organlaridagi ishtiroki va ustuvor vazifalari yuzasidan ma’ruza qildi. Ta’kidlanganidek, Andijon viloyatidagi 17 ta mahalliy Kengashning barchasida O‘zLiDeP deputatlik guruhlari shakllangan bo‘lib, partiya jami 146 ta deputatlik o‘rniga ega. Seminarda partiyaning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida aholi va tadbirkorlar muammolarini o‘rganish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham qayd etildi.

Muhokamalar davomida deputatlik so‘rovlari samaradorligini oshirish, Kengash qarorlari loyihalarida partiya tashabbuslarini ilgari surish, sessiyalar kun tartibiga dolzarb masalalarni olib chiqish va amalga oshirilgan ishlarni jamoatchilikka keng yoritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar yakunida ishtirokchilar mahalliy Kengashlar va partiya tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, deputatlik guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?