Asosiy kontentga o‘tish
Juma 16-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Nurafshondagi “Tong” madaniyat saroyini ta’mirlash ishlari nazoratdan o‘tkazildi

15.10.2026
161

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak Nurafshon shahrida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashdi hamda hududdagi ijtimoiy soha ob’yektlarining holati bilan tanishdi.

Tashrif davomida ma’naviy tadbirlar tashkil etiladigan “Tong” madaniyat saroyida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2026 yil birinchi mavsumi doirasida deputat tashabbusi bilan mazkur ob’yektni kapital ta’mirlash uchun 1 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratilgan edi. Deputat joyiga chiqqan holda ta’mirlash jarayonini ko‘zdan kechirib, bajarilayotgan ishlar sifati va belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Shuningdek, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishiga e’tibor qaratildi.

Tashrif yakunida ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish va belgilangan muddatlarda yakunlash hamda madaniyat saroyida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?