Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 28-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startaplarini qo‘llab-quvvatlaydi

28.10.2026
99

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida yoshlarning innovasion g‘oyalari, startaplari va istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Kreativ tadbirkor yoshlar» loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, O'zLiDeP Toshkent shahar kengashi tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mazkur loyiha doirasida navbatdagi forum tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov, parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya faollari, FIRST Global Challenge 2026 jahon chempionlari hamda tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan IT, sun’iy intellekt, muhandislik, startap va hunarmandchilik yo‘nalishlaridagi loyihalar namoyish etildi.

Deputatlar 15 nafar ishtirokchining ishlanmalari bilan tanishib, ularni amaliyotga tatbiq etish, tadbirkorlik loyihalariga aylantirish va rivojlantirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar.

Forum doirasida sport musobaqalari, kitobxonlik tanlovi hamda FIRST Global Challenge 2026 jahon chempionlari bilan uchrashuv ham o‘tkazildi. Tadbir yakunida faol yoshlar taqdirlandi.

«Kreativ tadbirkor yoshlar» loyihasi yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning innovasion tashabbuslarini rag‘batlantirish va yangi g‘oyalarni amaliy natijalarga aylantirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?