Asosiy kontentga o‘tish
Juma 16-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Samarqandda O‘zLiDeP kubogi sport musobaqalari o‘tkazildi

15.10.2026
89

Samarqand agro innovatsiyalar va tadqiqotlar institutida O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi bilan hamkorlikda O‘zLiDeP kubogi sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etib, ertalabki yugurish hamda badantarbiya mashg‘ulotlarida qatnashdilar.

Musobaqalarda yigitlar va qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Yigitlar o‘rtasida iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabasi Behruz Jumadullayev birinchi, agrobiologiya fakulteti talabasi Umid Xudoyberdiyev ikkinchi, iqtisodiyot va boshqaruv fakultetidan Shahobiddin Bahronov esa uchinchi o‘rinni egallashdi. Qizlar o‘rtasida esa Mushtariy Norova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlarga O‘zLiDeP Kengashi rahbari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?