Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 06-avgust 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Sayyor qabul: murojaatlar yechimidan aholi mamnun

05.08.2026
82

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Forish tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda deputatlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda mas’ullar ishtirok etib, aholining muammo va takliflarini tingladi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bandlik va boshqa ijtimoiy masalalarga oid 26 ta murojaat qabul qilindi. Shundan 19 tasi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa mas’ullar nazoratiga olindi.

Sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilayotgani aholining ham roziligiga sabab bo‘ldi. Fuqarolar o‘zlarini qiynab kelgan muammolariga e’tibor qaratilayotgani, murojaatlari tinglanib, aniq yechimlar belgilanayotganidan mamnun ekanini bildirdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?