Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 26-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Talaba yoshlarga kelajak kasblari haqida ma’lumot berildi

25.09.2026
82

Bugun O‘zLiDeP Siyosiy Kengashida oliy ta’lim muassasalarining boshlang‘ich kurs talabalari va ekspertlar ishtirokida “Ish bilan bandlik va daromad manbalari” loyihasi doirasida “Kelajak kasblari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ul xodimlari O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari hamda talabalar ishtirok etib, mehnat bozoridagi zamonaviy tendensiyalar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqotda talabalarga o‘qish davridayoq kasbiy yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash, mutaxassisligiga mos ish o‘rinlarini izlash, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ish beruvchilar va yoshlarni o‘zaro bog‘lovchi onlayn platformalardan samarali foydalanish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish hamda mehnat bozori talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbati yakunida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?