Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 10-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xorazmlik yoshlar «Aqlli xonadon», «Mebelchi» va boshqa startaplarini namoyish etdi

10.11.2026
83

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tashabbusi bilan Urganch shahridagi «IT PARK Xorazm»da partiyaning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida «Kreativ tadbirkor yoshlar» forumi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovasion g‘oyalar va startap loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Forumda yoshlar o‘zlarining zamonaviy biznes g‘oyalari va loyihalarini taqdim etdilar. Xususan, kiberxavfsizlik, robototexnika, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, ta’lim va savdo yo‘nalishlaridagi tashabbuslar ishtirokchilar e’tiborini tortdi. Ular orasida «Aqlli xonadon», «Mebelchi», «SAT ta’lim platformasi» va «Global Path» kabi loyihalar ham bor.

Taqdimotlar davomida yoshlarning g‘oyalarini amaliy biznes loyihalarga aylantirish, ularni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarga o‘z salohiyatini namoyon etish, tajriba orttirish va yangi hamkorlar topish uchun imkoniyat yaratadi.

Forum yakunida faol ishtirok etgan yoshlar va istiqbolli loyihalar mualliflari O‘zLiDePning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?