Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 07-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP deputati tikuvchilik qilish istagidagi fuqaroga tikuv mashinasi sovg‘a qildi

04.07.2026
123

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nargiza Salomova "Keksalarga mehr" aksiyasi doirasida Yakkabog‘ tumanidagi Qashqadaryo viloyati ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyati bilan tanishib, muassasada yashayotgan fuqarolar bilan muloqot qildi.

Uchrashuv davomida markazda yashovchi Sharofat O‘tayeva tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirib, tikuv mashinasi olish bo‘yicha murojaat qildi. Murojaat qisqa muddatda ijobiy hal etilib, homiylar ko‘magida unga tikuv mashinasi taqdim etildi.

Shuningdek, markazda nogironligi bo‘lgan ayollarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Ta’kidlanganidek, ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va mehnat orqali o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish bundan buyon ham ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?