Asosiy kontentga o‘tish
Juma 25-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Andijonning 6 tumanidagi muammolar o‘rganildi

24.09.2026
68

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatining Ulug‘nor, Bo‘ston, Baliqchi, Buloqboshi, Xo‘jaobod va Shahrixon tumanlarida bo‘lib, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijadorligi, aholi va tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.
O‘rganishlar mahalla, xonadon, ishlab chiqarish korxonasi, fermer xo‘jaligi hamda ijtimoiy soha ob’yektlarida o‘tkazilib, fuqarolar, tadbirkorlar, fermerlar va soha mas’ullari bilan bevosita muloqot qilindi. Xususiy sektorda yangi ish o‘rinlari yaratish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar davomida bir qator muhim infratuzilma va ijtimoiy masalalar ham aniqlandi. Jumladan, Ulug‘norda faoliyati to‘xtab qolgan “Ulug‘nor fayz tekstil” korxonasini qayta ishga tushirish, Buloqboshida 683 gektar ekin maydonining suv ta’minotini yaxshilash, yangi elektr podstansiyasi qurish, ta’mirtalab avtomobil yo‘llarini yaxshilash kabi masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, Baliqchi tumanida 960 o‘rinli yangi maktab qurish, Xo‘jaobodda maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga zarur yordamlarni yetkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
O‘rganishlar davomida tumanlarda sayyor qabullar ham tashkil etildi. Qabullarda 1 535 nafar fuqaro hamda 124 nafar tadbirkor va fermer ishtirok etib, jami 429 ta muammo aniqlandi. Murojaatlarning 298 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 131 ta masala yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 136 nafar fuqaroga 1 mlrd 207,8 mln so‘mlik turli ko‘rinishdagi amaliy yordam ko‘rsatildi. O‘rganishlar hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish bilan bir qatorda, aholi turmushiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muammolarni joyida aniqlash va ularga manzilli yechim topish muhimligini ko‘rsatdi. Ishchi guruh tomonidan ko‘tarilgan masalalarning ijrosini ta’minlash va hal etilmagan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?