Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 22-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Buxoroda yoshlarga 250 ta kitob sovg‘a qilindi

21.10.2026
95

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Bir kunda — 1000 kitob” aksiyasi doirasida Buxoro shahrida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Tashabbus doirasida Buxoro shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputati Nodir Hamdamov va tadbirkor Shuhrat Ochilov tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Buxoro filialiga 250 ta kitob sovg‘a qilindi.

Mazkur tashabbus o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Zero, kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai, yoshlar kelajagi uchun muhim poydevordir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?