O‘zLiDeP deputati ko‘magida Sergeli yoshlariga 500 ta kitob tuhfa qilindi
O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va deputat Umid Muxammedov tashabbusi bilan Sergeli tumanida “Bir kunda – 1000 kitob” aksiyasi doirasida shahar bolalar kutubxonasi fondi 500 ta yangi badiiy va ilmiy kitoblar bilan boyitildi.
Deputat yoshlar bilan uchrashib, kitobxonlikning ahamiyati haqida samimiy suhbatlashdi. Bu sovg‘a o‘sib kelayotgan avlodning bilim olishi uchun katta imkoniyat bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir davomida “Yurakka yo‘l” loyihasi doirasida ehtiyojmand oilalar ham unutilmadi. Mahallabay o‘rganishlar davomida 20 ta oilaga bepul oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.