Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 24-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP ochiq muloqotida 5 ta loyihaga imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi

23.09.2026
88

Buxoroda O‘zLiDeP va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda kredit, garov, yer va infratuzilma, soliq-bojxona, eksport va logistika bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi. Muhimi, murojaatlar faqat eshitilib qolmadi — 5 ta loyiha bo‘yicha imtiyozli kredit ajratish jarayonini tezlashtirish choralari ko‘rildi, tadbirkorlarga kafillik va huquqiy ko‘mak berish belgilandi.

Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi, ayrim murojaatlar nazoratga olindi. Hal etilishi deputatlik nazoratini talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?