Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 07-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

To‘qsonbosti ekinlari aholi daromadini oshirishga xizmat qiladi

06.10.2026
195

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Xorazm viloyati Urganch tumanidagi Gʻaybu qishlog‘ida partiya elektorati bo‘lgan fermerlar va tomorqa yer egalari bilan uchrashdi. Muloqotda yerdan samarali foydalanish, to‘qsonbosti ekinlarini kengaytirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish bo‘yicha amaliy seminar ham tashkil etildi. Unda ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, hudud sharoitiga mos navlarni tanlash, suvdan tejamkor foydalanish va agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha tajriba almashildi.

Xorazm viloyatida 2027 yil hosili uchun 31,9 ming gektar maydonda to‘qsonbosti ekinlarini joylashtirish rejalashtirilgan. Bu orqali 312 ming tonna piyoz va 69 ming tonna sarimsoq yetishtirish, hosilning qariyb 298 ming tonnasi­ni ichki bozorga yetkazib berish ko‘zda tutilmoqda.

Aktam Xaitov fermer va dehqonlarning amaliy tajribalari bilan tanishib, ularni qiynayotgan masalalarni ham o‘rgandi. Jumladan, 1,8 gektar yer maydonining 30 sotixida to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirib, yiliga qariyb 200 million so‘m daromad olayotgan dehqonning tajribasi e’tiborga molik ekani qayd etildi. Uchrashuv yakunida to‘qsonbosti ekinlarini kengaytirish, yerdan unumli foydalanish va dehqonlar daromadini oshirish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?