Asosiy kontentga o‘tish
Juma 31-iyul 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

36 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizni ish bilan ta’minlagan tadbirkor tanlov g‘olibiga aylandi

27.07.2026
132

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Chimboy tumanida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda tadbirkorlik orqali yangi ish o‘rinlari yaratayotgan, mahalliy iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan faol xotin-qizlarning faoliyati baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin “Marjan sheber” MCHJ rahbari Zulfiya Nurimbetovaga nasib etdi. U rahbarlik qilayotgan korxonada 36 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qiz mehnat faoliyati bilan qamrab olingan bo‘lib, 11 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. 2-o‘rin “Qorauy bezaklari” MCHJ rahbari Mivash Turenazarovaga, 3-o‘rin esa issiqxonada gulchilik bilan shug‘ullanuvchi Mavlyuda Alimbetovaga taqdim etildi.
Ta’kidlash kerak O‘zLiDePning mazkur tanlovi xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish va muvaffaqiyatli tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda. Gʻoliblarning faoliyati esa ijtimoiy mas’uliyat, mehnatsevarlik va tashabbuskorlik orqali mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish mumkinligining yorqin namunasi bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?