Asosiy kontentga o‘tish
Juma 24-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Salomatlik sari” aksiyasi doirasida 95 nafar oqoltinlik xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

24.04.2026
50

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Oqoltin tumanida “Salomatlik sari” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu aksiya aholiga tibbiy xizmatni yanada yaqinlashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Aksiya davomida tajribali shifokorlar tomonidan xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazilib, kasalliklarning oldini olish va salomatlikni asrash bo‘yicha atroflicha maslahatlar berildi. Shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarga 13 turdagi dori-darmonlar va tibbiy vositalar, jumladan ko‘zoynaklar tarqatilib, ularning kundalik hayotiga yengillik yaratildi.

Tadbir yakunida jami 95 nafar fuqaro sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olindi. Bunday ezgu tashabbuslar aholi, ayniqsa, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?